25 Sentabr 2021 4904

Yoʻqotilgan buyumlar oʻz egasiga qaytarildi

Buxoro viloyatiga Kanada davlatidan oilaviy tashrif buyurgan mehmonlar Buxoroning diqqatga sazovor joylarini sayohat qilish davomida oʻz ehtiyotsizligi oqibatida “HUAWEI” rusumli qoʻl telefonini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, shuningdek bank plastik kartalarini unutib qoldirgan. 

Ushbu hududda xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida ularning yoʻqotgan buyumlari topilib zudlik bilan egasiga qaytarildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага