Yoʻqotilgan bank kartasining pullari talon-toroj qilindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 1970-y.t. fuqaro S.A., ariza bilan murojaat qilib, otasi, 1953-y.t. O.A., bozordan qaytib kelganidan soʻng oʻziga tegishli bank kartasini yoʻqotib qoʻyganligini va tekshirganida bankomat orqali 1.000.000 soʻm pullari naqdlashtirilib, yechib olinganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, pullarni oʻzlashtirgan shaxslar, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi 2000-y.t., S.P. hamda 2003-y.t., P.K. ekanligi aniqlangan.
S.P. va P.K. ushbu jinoyatni jabrlanuvchi O.A.ga tegishli bank kartasini topib olib, bankomatdan pullarni naqdlashtirib olish orqali sodir etganligi aniqlangan.
S.P. va P.K.larga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi