Yo‘l harakati xavfsizligi: islohotlar va muammolar
IIV Akademiyasida Prezidentimizning “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan davra suhbatida “yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati” mutaxassislik yo‘nalishida taʼlim olayotgan kursantlar qatnashdi. Magistratura tinglovchisi, mayor Z. Yusupov mazkur qarorning ahamiyati, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, haydovchilarni tayyorlash, shuningdek avtomaktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot davomida avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar, sohani raqamli texnologiyalar bilan to‘liq qamrab olishning afzalliklari, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Amaliyot xodimi mazkur sohada yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati