28 Dekabr 2022 737

“Yil ayoli” milliy tanlovida ichki ishlar organlari xodimalari faxrli oʻrinlarni egalladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining qaroriga asosan Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan “Ayoli eʼzozlangan yurt” shiori ostida “Yil ayoli” milliy tanlovi oʻtkazildi. 

Koʻrik tanlov uch bosqichda tashkillashtirildi. Tanlovning tuman bosqichlarida jami 4160 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida 1972 ta boshlangʻich tashkilotlar ishtirok etdi.

Tanlovga yakuniga asosan Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan xalqchil islohotlar muvaffaqiyatidagi faol ishtiroki hamda mehnat jamoalaridagi boshlangʻich tashkilotlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng namunali boshlangʻich tashkiloti-2022” koʻrik tanlovida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik Kыdыrbayeva Altыnay faxrli birinchi oʻrin sohibasi boʻldi.

“Eng namunali harbiy qism boshlangʻich tashkiloti” nominatsiyasi boʻyicha esa Navoiy viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari mayor Dushanova Sarvinoz Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan diplom hamda 3.000. 000 soʻm pul bilan taqdirlandi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага