6 Dekabr 2022 891

Yer sotuvchi firibgar ushlandi

Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi Yer resurslarini talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasi hamda Prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman boʻlimi xodimlari hamkorlikda oʻtkazgan tadbirda yana noqonuniy yer sotish bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi.

Jumladan, Qarshi shahrida yashovchi R. ismli shaxs 15 sotix yer maydonini tanishlari orqali hujjatlashtirib berishini aytib, 95.000.000 soʻm evaziga xaridorga sotmoqchi boʻlgan.

Mazkur holat boʻyicha 2022-yil 2-dekabr kuni hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.R. Qarshi tumanidagi “Yangibogʻ” mahallasidagi hech qanday hujjatlari boʻlmagan 15 sotix yer maydonini 95.000.000 soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy-dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага