26 Oktabr 2022 844

Yer oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi

Fuqaro G.K.ning Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlimiga qilgan murojaatiga asosan, Bosh prokuratura hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, R.Yu. Zangiota tumani hokimining 27.12.2012-yildagi qarori bilan “Oʻrtasaroy” mahallasi hududidagi fuqaro S.Yuldashevga 30 yil muddatga ijara asosida ajratilgan jami 1,0 gektar lalmi yer maydonini 80 ming AQSH dollariga sotishga hamda hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga vaʼda berib, kelishilgan pullardan 10 ming AQSH dollarini ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan R.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Bosh prokuratura

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага