4 Avgust 2022 720

Yashnobod tumanida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Yaqinda “Artel” korxonasi hududida Probatsiya nazorati ostida turuvchi shaxslar ishtirokida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir Yashnobod tumani IIOFMB Probatsiya boʻlimining tashabbusi bilan hamda tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Yarmarkaga ishga muhtoj 61 nafar nazorat ostidagi shaxslar kelishdi. Fuqarolar ish beruvchilarga barcha savollarini berib, javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Avvalambor oylik maosh va ish tartibi haqida, ijtimoiy himoya choralari haqida savollar berildi. Natijada 17 nafari “Artelʼ” korxonasida ishlash ishtiyoqini bildirib ishga yoʻllanma olishdi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага