Yangiyo‘lda Toshkent viloyatidagi sektor rahbarlari aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi
Toshkent viloyatidagi sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli Yangiyo‘l shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu sayyor qabulda ham fuqarolarning ichki ishlar organlari va 3-sektor faoliyati bilan bog‘liq murojaatlari viloyat IIBB boshlig‘i tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aholi bilan to‘g‘rida-to‘g‘ri muloqot qilish, yechimini topmayotgan muammo va takliflarni joyida o‘rganib, ijobiy hal etish uchun tashkil etilgan sayyor qabulda aholi bilan ochiq muloqot qilindi.
Unda rahbarlar fuqarolarning kommunal soha, bandlik, yo‘l qurilishi va taʼmirlanishi, sog‘liqni tiklash bo‘yicha moddiy yordam, kredit olish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarini tingladi.
Shuningdek, sektorni ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiluvchi takliflar ham bildirildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etildi. O‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati