4 Iyul 2022 687

“Yangihayot” blok-postida toʻxtatilgan “Lacetti”ning yoʻlovchisi qidiruvda boʻlib chiqdi

2022-yil 4-iyul kuni soat 01:30 larda, Yangihayot tumanida joylashgan “Yangihayot” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Toliyev va J.Amirovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, salonda boʻlgan yoʻlovchi xodimlarda shubha uygʻotgan. 

Mazkur yoʻlovchi, 1993-yilda tugʻilgan M.E.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, 2022-yil 7-may kunidan buyon qidiruvdaligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qidiruvda boʻlgan fuqaro Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага