Yangibozor va Gurlan tumani ichki ishlar boʻlimlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar “xodimbay” tartibida oʻrganildi
Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar oʻtkazilishi belgilandi.
Shundan kelib chiqqan holda, viloyat IIB masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Yangibozor va Gurlan tumani ichki ishlar boʻlimlarida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar “xodimbay” tartibida oʻrganildi.
Xorazm viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik A.Imyaminov tomonidan IIB shaxsiy tarkibi bilan oʻtkazilgan umumiy yigʻilishlarda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni boʻlishi kerakligi aytib oʻtildi.
Oʻrganishlar jarayonida masʼul xodimlar ichki ishlar boʻlimlarida xodimlarning faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish yurituvidagi hujjatlar bilan yaqindan tanishib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga oid tavsiya va koʻrsatma berdilar. Shu bilan birgalikda ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibining jangovar shayligi ham koʻzdan kechirildi.
Shuningdek xodimlarning oilaviy ahvoli, qoʻni-qoʻshnilari bilan oʻzaro munosabatlari bilan yaqindan oʻrganildi. Profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning oilasini moddiy qoʻllab-quvvatlashga maqsadida tegishli takliflar kiritildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati