17 Avgust 2021 5200

XVII-XXI asrlarda politsiya rivojlanishi. Sudebniklar (qonunlar to'plami)

O'rta asr islohotchilari Ivan III va Ivan IV amaldagi huquqiy normalarni kodifikatsiya qilishga alohida e'tibor qaratishgan.  Ikkita Sudebnikning asosiy qismi jinoyat huquqi normalari va sud jarayonlariga bag'ishlangan.

1497 yildagi Sudebnik 68 moddadan iborat bo'lib, ularning yarmi yuqoridagi mavzularga tegishli. Rossiya uchun yangilik - tergov qilinayotgan odamlarni, shu jumladan jinoyatchilarni qiynoqqa solishning qonuniylashtirilish huquqi.

1550 yildagi Sudebnik birinchi Zemskiy Soborda - Butunrossiya vakillik organida qabul qilingan, so'ngra Stoglav sobori - pravoslav ruhoniylarining oliy vakillarining yig'ilishida tasdiqlangan. Ushbu kodeksda jinoyatchilarga yoki qiynoqlar jarayonida jinoyatga dahldorligi ayon bo'lganlarga nisbatan tergov harakatlarini yanada og'irlashtirish belgilab qo'yildi.

Misol uchun, agar sudda guvohlarning ba'zilari shaxsga ijobiy baho bersa, boshqa qismi esa jinoyatchi deb atagan bo'lsa, u holda ayblanuvchi qiynoqqa solingan. Tan olmagan taqdirda ham, u umrbod qamoqqa tashlangan.


Sudebnikning sahifalari 1550 yil


S. V. Ivanov. Zemskiy sobori. 1908 yil Zemskiy Soborda turli qatlamlar vakillari qarorlarni shoh huzurida qabul qilishgan


Ioann III xonga boj to'lashdan bosh tortmoqda. Litografiya

©️ "Vsemirnaya istoriya politsii". Moskva: Izdatel`stvo "e", 2017.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага