XVII-XXI asrlarda politsiya rivojlanishi. Alohida vazifalarni bajaruvchi maxsus otryadlar
Rossiya politsiyasida bir necha turdagi maxsus bo'linmalar mavjud. Rossiya Federatsiyasi FSBning «Al`fa» va «Vimpel`» bo'linmalari maxsus kuchlarning etakchilari hisoblanib, terrorizmga qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi.
Maxsus politsiya bo'linmalari (OMON) tezkor harakat bo'linmalariga (SOBR) aylantirildi, ularning asosiy vazifalari uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va garovga olinganlarni ozod qilishdir. SOBR otryadlarining mashg'ulotlari shaharlardagi qurolli guruhlarga qarshi ishlashga mo'ljallangan edi, lekin ular boshqa sharoitlarda - Kavkaz tog'larida, o'rmonli va dashtli hududlarda ham muvaffaqiyatli harakat qilishdi. Unda umumiy soni 6000 ga yaqin bo'lgan jangchilar faoliyat yuritadi.
SOBR tarkibiga kichik leytenant unvonidan kichik bo'lmagan ofitserlar olinadi.
Politsiya islohoti natijasida OMON alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik bo'linmalari deb o'zgartirildi. OMONning imkoniyatlarini ommaviy tadbirlarda osoyishtalikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, ruxsatsiz namoyishlarni bostirish va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga safarbar etiladi. Ichki ishlar organlaridan OMON bo'linmalari Milliy gvardiyaga o'tkazildi.
Tezkor politsiya xodimlarining soni 40 ming kishini tashkil qiladi.
Maxsus bo'linmalar Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy «Tigr» zirhli mashinalaridan terrorchilar va boshqa qurolli jinoyatchilarga qarshi harbiy operatsiyalar uchun keng foydalanadilar va mazkur texnika maxsus kuchlarning emblemasi hisoblanadi.
SOBR xodimlari Qishki Olimpiada paytida. 2014 yil Sochi
Maxsus guruh jangchilari tartibsizliklarni bostirishga tayyor
G'alaba kuni paradida politsiya maxsus kuchlari. 2009 yil 9 may, Tyumen
Terrorchilarni qo'lga olish paytida FSB maxsus kuchlari jangchilari. 2010 yil Dog'iston
©️ «Vsemirnaya istoriya politsii». Moskva: Izdatel`stvo «e», 2017.