8 Mart 2023 374

Xotin-qizlarga eʼzoz va ehtirom ko‘rsatildi

Ayni damda Qashqadaryo viloyatida bayram munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazilmoqda.

Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev xotin-qizlarni bayram bilan tabriklamoqda.

Shuhratjon Satvoldiyev, viloyat IIB boshlig‘i:

Ayol – ona, buyuk murabbiy, millat tarbiyachisi. Jamiyatni ayol bunyod etadi. Xotin-qizlarimiz jamiyat, siyosat sohalarida ham faol. Jumladan, xotin-qizlar erkaklar bilan yelkama-yelka davlat organlarida, harbiy tuzilmalar va ichki ishlar organlarida ham kunlarni tunlarga ulab matonat bilan xizmat qilmoqda.

Tadbirda voha ichki ishlar organlari tizimida el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida samarali xizmat qilayotgan ayollar, opa–singillar, xotin-qizlar, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari hamda IIO faxriy xodimalari taklif etilib bayram dasturxoni yozildi.

Tantanali tadbirda erkaklar bilan bir safda yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishda fidokorona xizmat qilib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimalar Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshlig‘ining buyrug‘iga asosan bir guruh xotin-qizlar ko‘krak nishonlari, maxsus unvonlar, esdalik qo‘l soatlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Respublika va vohaning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага