9 Oktabr 2022 1295

Xorijlik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tdi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida seminar-trening tashkil qilindi.

Professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan mashg‘ulotda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ular tomonidan sodir qilingan qilmishlarni tergov qilish, bu borada xalqaro va milliy normalarning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Taʼlim to‘g‘risida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari yosh avlod taʼlim-tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Seminar-treningda xalqaro mutaxassislar tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa “oila – mahalla – taʼlim muassasasi” institutining samarali yo‘lga qo‘yilgani eʼtirof etildi. Sohadagi qonunchilikni yana-da takomillashtirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasida masʼul organlar hamkorligini kuchaytirish borasida mulohazalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага