21 Iyul 2022 339

Xonobod shahar IIB boshligʻi kubogi uchun futbol musobaqalari boʻlib oʻtdi

Xonobod shaharida start olgan IIB boshligʻi kubogi uchun futbol oʻyinlarining hal qiluvchi final oʻyini oʻtkazildi.

Ushbu musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, uyushmagan va xorijiy mamlakatlarda ishlab kelib, hozirgi kunda ishsiz boʻlgan yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb qilish, futbol sport turnirini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash etib belgilangan.

Musobaqaning taqdirlash marosimida ishtirok etgan 3-sektor rahbari IIB boshligʻi F.Maksudov barcha jamoalarga murosasiz va qiziqarli bahslar uchun qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirdi. Viloyat bosqichiga yoʻllanma olgan jamoaga omad va gʻalabalar tiladilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага