11 Avgust 2022 482

Xonadonda giyohvand oʻsimliklar yetishtirib va saqlab kelgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Bugungi kunda Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari va quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlikning har qanday koʻrinishiga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan “Qora dori – 2022” doirasida Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida “Burchmulla” MFYda yashovchi 1986-y.t. fuqaro B.I. daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Ushbu shaxs yashash xonadonida jami 11 dona idish va qogʻozga solingan marixuana giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi hamda 11 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab yetishtirayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага