1 May 2021 5204

Xavfsiz yo'l: muammo va echimlar

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Toshkent davlat transport universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, shuningdek bir qator oliy ta'lim muassasalaridan vakillar ishtirok etishdi.

Qizg'in muhokamalarga boy o'tgan anjuman davomida «Yo'l harakati xavfsizligi sohasidagi mavjud muammo va echimlar», «Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlar», «Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlarda ta'limning vazifalari», «Tartibga solingan chorrahada harakat tsikli uzunligining transport o'tkazuvchanligiga ta'siri», «Harbiy haydovchilarning kasbiy malakasini baholash usullari», «Yo'l harakati xavfsizligi sohasidagi xorijiy tajriba», «Haydovchilarni tayyorlash yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimining asosiy elementi sifatida» mavzusida ma'ruzalar tinglandi.

Soha mutaxassislari tomonidan yo'l harakati xavfsizligini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага