15 May 2022 896

“Xavfsiz poytaxt” tezkor profilaktik tadbirlar oyligi boshlandi

14-may sanasida Toshkent shahar IIBB boshligʻi A. Tashpulatov, shahar Prokurori U. Qosimov va MG Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi A. Axmedovlar boshchiligida shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida j.y. 4 oy yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish avvalida poytaxt ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, bevosita xodimlarning tashabbusi bilan 2 435 ta jinoyatlar, ulardan 769 tasi giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar aniqlanib, unda 217 kg. 305 gramm. giyohvandlik va 24 kg 328 gramm kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining tarqalib ketishining oldi olindi, 7 777 ta jinoyatlar fosh etildi, ulardan 221 tasi oʻtgan yillarda sodir etilgan jinoyatlar, 537 nafar qidiruvdagi jinoyatchilar ushlanib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Shundan soʻng, tuman IIO FMB boshliqlari, tuman prokurorlari, Milliy gvardiya masʼul rahbarlarining oʻtgan vaqt mobaynida poytaxt hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha hisobotlari tinglandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar hududida jinoyat salmogʻi yuqori deb topilgan 169 ta mahallalarga masʼul rahbarlar biriktirilib, ularga aniq vazifa va topshiriqlar berib oʻtildi.

Shu yerning oʻzida shahar Prokurori, IIBB hamda MG Toshkent shahar boshqarmasi boshliqlarining “Xavfsiz poytaxt” profilaktik oyligini oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qarori tasdiqlanib, ijroga qaratildi.

Yigʻilish yakunida, huquqni muhofaza qilish organlarining ayrim rahbarlarining faoliyati qattiq tanqid qilinib, 2-chorak yakuni boʻyicha koʻrsatkichlar ijobiy tomonga oʻzgarmagan taqdirda egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishlari toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага