2 Noyabr 2022 584

“Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlar doirasida...

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati rahbariyati, “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz tun” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida xizmatga jalb etilgan JXX xodimlari ishtirokidagi Toshkent shahar IIBB JXX JTSB Patrul-post xizmati brigadasida, bo‘lib o‘tgan tungi yo‘riqnomada ishtirok etdi.

Yo‘riqnoma davomida, xodimlarning xizmatga shaylik holati tekshirilib, xizmat yo‘nalishlari doirasida hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan alohida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага