22 Fevral 2023
606
Xalqaro hamkorlik tadbirlari
Joriy yil 21-fevral kuni Ichki ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Kriminal politsiyasining aloqa ofitseri Olaf Vorbs bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, xorij tomoni bilan ichki ishlar organlari uchun kadrlarni tanlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasida oʻzaro tajriba almashish, shuningdek, kinologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va ichki ishlar organlarining koʻplab boshqa yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi