Xalq xizmatida
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi – ichki ishlar organlarining fuqarolar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlovchi bo'linmalaridan biri hisoblanib, xodimlarning mehnati natijasi ham o'zaro aloqaning samarasiga bog'liqdir.
Ishga kelar ekanlar, xodimlar turli kayfiyatli fuqarolarga to'qnash kelishlarini, nima bo'lganda ham professional odobni saqlash zarurligini bilishadi.
Bugun Yunusobod tumani IIO FMB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi xodimlari haqida so'zlab bermoqchimiz. Facebook ijtimoiy tarmog'idagi «Yunusobod» guruhida «Rano Abdurahmanova» ismli foydalanuvchi tomonidan minnatdorchilik xabari qoldirildi.
Fuqaro bo'limga hujjatlari bilan bog'liq muammo masalasi hamda ID-karta olish bo'yicha murojaat qilgan. Xodimlarning ishlash mahorati va tezligidan hayratlangan ayol minnatdorchiligini internet orqali ham bildiridi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur bo'linmaga yo'naltirilgan minnatdorchiliklar tez-tez uchrab turadi.
Ushbu jamoaga mayor Umarov Azizjon Anvarovich rahbarlik qiladi. Mayor shaxsiy tarkib orasida mahoratli rahbar sifatida hurmat qozongan. Ushbu jamoaga qo'shilgan yosh xodimlar Azizjon Anvarovich rahbarligida tajriba orttirishmoqda.
Qoldirilgan xabarlardan biri: «Ajoyib jamoaga chin qalbdan minnatdorchilik bildiraman. Amalga oshirilgan ishlar uchun, zarur vaqtdagi yordamingiz va iliq do'stona muhit uchun rahmat. Xalqning mehrini qozonish oson emas».
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati