15 Dekabr 2022 521

AQSH Davlat departamentining narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish masalalari boʻyicha (INL) boʻlinmasi rahbari Jek Anderson bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida AQSH Davlat departamentining narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish masalalari boʻyicha (INL) boʻlinmasi rahbari Jek Anderson bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Byuro boʻlinmasi rahbari keyingi yillarda boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari tizimida ham ijobiy islohotlar amalga oshirilayotganiga eʼtibor qaratdi.

Tomonlar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik bilan aloqalari va boshqa manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar va oʻquv kurslarini tashkil etish masalalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага