13 Dekabr 2021 5014

Voqea joyidan olingan barmoq izlaridan o'g'irlik jinoyati fosh bo'ldi

Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida yashovchi X.T 2021 yil 08 dekabr kuni ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 01:00dan 03:30larga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1 dona 6.000.000 so‘mlik, 1 dona 5.000.000 so‘mlik kulon, 1 dona 2.400.000 so‘mlik ayollar nikoh uzugi, 1 dona 2.400.000 so‘mlik brilliant ko‘zli ayollar tillo uzugi, 1 dona 3.500.00 so‘mlik erkaklar nikoh uzugi hamda 400.000 so‘m miqdordagi pullari jami 19.700.000 so‘mlik mol-mulklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB EKB xodimlari tomonidan hodisa joyidan 10 dona barmoq izlari olinib tekshirilganida, 1 dona barmoq izlari tumanning “ShirkentMFYda yashovchi S.E.ga tegishliligi aniqlangan.

Qarshi tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan S.E bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib undan daliliy ashyo sifatida X.T.ga tegishli tillo taqinchoqlar va 220.000 so‘m pullar tegishli ravishda rasmiylashtirib olingan.Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага