Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari hamda IIV Interpol MMB faoliyatiga yuksak baho berildi
19-oktyabr kuni Bosh Assambleyaning 90-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi delegatsiyasi va Interpol Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti Bosh kotibi janob Yurgen Shtok oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tashkilot Bosh kotibi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi va MMB rahbariyatiga Kotibiyat vakillarini samimiy kutib olgani va SHHTga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari yigʻilishida koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. BK rahbariyati Oʻzbekiston Interpol MMBning tashkilot imkoniyatlarini kengaytirishdagi professionalligi va intilishini yuqori baholadi, shu bilan birga Interpol imkoniyatlaridan foydalangan holda mamlakatimizning barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.
Ushbu muhim voqea doirasida ICPO Interpolning mustaqil organi – Interpol fayllarini nazorat qilish komissiyasi rahbariyati, kuzatuv va maslahat palatasi raisi Tereza MakXenri xonim, rais oʻrinbosari janob Hamza Es-Said va Xalqaro maʼlumotlarni himoya qilish huquqi boʻyicha ekspert Syuzi Alegre bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida Interpol xabarnomalarini chop etish bilan bogʻliq ustuvor masalalar va u yoki bu byuro maʼlumotlarini Interpol Bosh kotibiyati maʼlumotlar bazasida saqlashda yuzaga keladigan qiyinchiliklarga toʻxtalib oʻtildi. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Oʻzbekiston tomonidan soʻralgan maʼlumotlar va Komissiyaga yuborilgan tushuntirishlar boʻyicha barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etdilar.
Bundan tashqari, Bosh Assambleyada Interpol prezidenti janob Ahmad Nosir al-Raisi va Bosh kotibiyatning oʻgʻirlangan madaniy boyliklar boʻyicha noyob eksperti janob Gonsalo Jordano bilan uchrashdi. Yigʻilishda tashkilot prezidenti Oʻzbekiston byurosi faoliyatining oʻsish tendensiyasi, Interpol maʼlumotlar bazasini toʻldirish faollashayotgani va xorijiy MMB va Bosh Kotibiyat tomonidan maʼlumotlar almashinuvi oʻsib borayotganini hamda Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi oʻrin tutayotganini taʼkidladi.
Oʻgʻirlangan madaniy boyliklar boʻyicha ekspert janob Gonsalo Jordano bilan uchrashuv chogʻida Oʻzbekistonning vakolatli vazirlik va idoralari uchun noyabr oyi boshida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tematik treningning asosiy tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Barcha uchrashuv va muhokamalar doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtdi.
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi MMB