13 Yanvar 2023
430
Vazir o‘rinbosarining o‘rganish ishlari davom etmoqda
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 12 yanvar kuni Samarqand viloyatining Toyloq va Urgut tumanlaridagi umumtaʼlim maktablariga borib, ulardagi isitish tizimlarining ahvoli, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Jumladan, vazir o‘rinbosari Toyloq tumani ““Charog‘bon” MFYda joylashgan 21-sonli hamda “Bog‘ichinor” mahallasida joylashgan 22-sonli, shuningdek, Urgut tumanining “Kenagas” mahallasidagi 103-sonli umumtaʼlim maktablarida bo‘lib, maktab maʼmuriyatining muammo va takliflarini tingladi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati