19 Mart 2022 1513

Vazir oʻrinbosari Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari harbiy qismiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari 7251-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari ushbu sohada xizmat qilish katta sharaf ekanligi hamda uning oʻziga yarasha ulkan masʼuliyati ham borligini, xizmatlari davomida doimo sergak turib, vatan uchun sidqidildan xizmat qilishlarini taʼkidlab oʻtdi. 

Shuningdek harbiy xizmatchilarni kirib kelayotgan 21-mart Navroʻz bayrami bilan chin koʻngildan muborakbod etdi. Qolaversa 2022-yil chaqiruvidagi yosh askarlarni xizmatga kelganligi munosabati bilan tabriklab, ular bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga vazir oʻrinbosari koʻp yillik tajribasidan kelib chiqib, oʻzining xizmat faoliyatidan bir nechta misollar keltirib oʻtdi. Jarayon xizmatchilarga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага