14 Iyun 2022 555

Vazir oʻrinbosari Qorovul qoʻshinlari harbiy qismiga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi

2022-yil 13-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Qorovul qoʻshinlari 7534-harbiy qism 1-batalyonga tashrif buyurib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlik degan bebaho neʼmatni chuqur anglagan holda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh boʻlib xizmat qilish kerakligi haqida taʼkidlab oʻtdi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlikdagi sifatlarini oshirish bilan bir qatorda, ularning huquqiy, bilimlari maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyalarini oshirish borasida ham masʼul rahbarlarga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, batalyonning yangi namunadagi qurilish loyihasi bilan tanishib, bu borada oʻzlarining taklif va mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага