27 Aprel 2022 733

Vazir oʻrinbosari Nukusdagi Xalqaro aeroportda xavfsizlikni taʼminlash batalyoniga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari 7261-sonli harbiy qismga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor  B.Y.Mirzaraximov tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirining oʻrinbosari harbiy xizmatchilar bilan yigʻilish oʻtkazib, maʼnaviy-axloqiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini uzluksiz, tizimli ravishda, jangovar tayyorgarlik va kundalik turmush bilan chambarchas bogʻliq holda olib borilishini va barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning har bir daqiqasi bekor ketmasligi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib berilganligi hamda ularning oʻz ustida ishlashini, muntazam sport bilan shugʻullanishi, doimo kitob oʻqishini, chet tillari va axborot texnologiyalarini oʻrganishini tashkillashtirish boʻyicha vazifalar belgilanganligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng general-mayor B.Y.Mirzaraximov harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi va “Nukus” xalqaro aeroportiga borib qorovul shaxsiy tarkibi bilan ham uchrashib qorovulxonadagi  yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi va tegishli koʻrsatmalar berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага