26 Sentabr 2022 1248

Vazir oʻrinbosari Metropolitenda XTBga tashrif buyurdi

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov TXTBB metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurib, ertalabki xizmat oldi yoʻriqnomasida ishtirok etdi.

Tashrif davomida, hozirgi kunda jahonda roʻy berayotgan hodisalar haqida soʻz yuritilib, tinch va osoyishta Vatanda xizmat qilayotganimiz uchun shukronalik hissi bilan xizmatni vijdonan va sidqidildan olib borishlik burchimiz ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Metropolitenda XTBning joriy yil mobaynida olib borilgan ishlari sarhisobi erishilgan yutuq va kamchiliklariga toʻxtalib, xar bir xodim vatan oldidagi burchini chuqur his qilgan holda xizmat olib borishi, xizmat vaqtida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligi lozimligini taʼkidlandi.

Metropolitenda XTB xodimlari bilan maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyani jadallashtirish boʻyicha boʻlim boshliqlariga vazifalar yuklanib, intizom buzish holatlariga yoʻl qoʻygan xodimlarga qattiq intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Tadbir yakunida boshqarma shaxsiy tarkib ishlariga omad va zafarlar tilab, amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага