28 Mart 2023 726

Vazir oʻrinbosari Fargʻonadagi transport va turizm obyektlarida boʻldi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentiga qarashli Fargʻona viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi. 

Yoʻriqnoma jarayonida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash boʻyicha shaxsiy tarkibga zarur tavsiyalar berdi. Shu yerda bir guruh xodimlariga koʻkrak nishoni va esdalik qoʻl soatlari topshirildi.

Qoʻqon temir yoʻl vokzalida xodimlarning xizmat oʻtash tartibi bilan ham tanishib, tegishli koʻrsatmalar berdi.

Vaziri oʻrinbosari Margʻilon bekati hamda Fargʻona xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmalarida ham boʻlib, xodimlarning ish faoliyati va xizmat jarayoni bilan tanishdi.

Oʻtkazilgan muloqotlarda xizmat samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, qonunchilikka soʻzsiz itoat etish, kasb madaniyatini yuksaltirish borasida topshiriqlar berdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага