7 Avgust 2022 467

"Vatanparvarlik oyligi" doirasida suzish boʻyicha Xonobod shahar yoshlari oʻrtasida IIB boshligʻi kubogi uchun musobaqa oʻtkazildi

Xonobod shahar IIB, shahar yoshlar ishlari agentligi va 3-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari hamkorligida yoshlar oʻrtasida sportning suzish boʻyicha shahar IIB boshligʻining kubogi uchun musobaqalar oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada Xonobod shahridagi 14 yoshdan – 30 yoshgacha boʻlgan uyushmagan (qoʻshimcha: professional boʻlmagan, havaskor suzuvchi) yoshlar ishtirok etib gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.

Musobaqa soʻngida gʻoliblar munosib taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага