26 Fevral 2023
411
Uychi tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
Joriy yilning 24-fevral kuni Uychi tumani Oqtosh MFYda sodir etilgan jinoyat yuzasidan Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari boshchiligida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda tuman hokimligi masʼullari, IIB xodimlari, imom xatiblar, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tub ildizigacha tahlil qilindi. Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlarini bu joyda ishtirok etganlarning barchasi oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari hamda tanish-bilishlariga ibrat olish maqsadida yetkazishlari kerakligi aytilib, mutasaddilarga tavsiyalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati