11 Avgust 2022 519

Uchkoʻprik tumanida «kannabis» giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida 1-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, S.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 8 tup «kannabis» giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага