Turkiya milliy politsiya akademiyasi delegatsiyasi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentiga tashrif buyurishdi
Joriy yilning 5-iyun kuni Turkiya milliy politsiya akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari Fotih Inal boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Situatsion-tahliliy markaziga tashrif buyurdilar va oʻzaro tajriba almashildi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga Situatsion-tahliliy markazda huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlashda zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion dasturlardan foydalanib faoliyat yuritilayotganligi, buning natijasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning samaradorligi sezilarli oshganligi vizual tarzda tanishtirildi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti faoliyati va departamentda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, xizmat xonalari, maishiy xizmat koʻrsatish xonalari, elektron oʻq otish, ruhiy yengillashtirish, zamonaviy oʻquv-amaliy mashgʻulotlar va konferensiya xonalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida Turkiya milliy politsiya akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari Fotih Inal mazkur tashrifdan oʻzi va delegatsiya aʼzolari koʻplab ijobiy taassurotlar olganligi, qardosh Oʻzbekiston xalqi fuqarolari himoyasi ishonchli qoʻllarda ekanligidan mamnunligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti