13 Noyabr 2022 1403

“Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ichki ishlar organlarining roli hamda hamkorlik yoʻnalishlari” mavzusida maqolalar tanlovi

Joriy yilning 6-dekabr kuni soat 15:00da Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ichki ishlar organlarining roli hamda hamkorlik yoʻnalishlari» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada quyidagi masalalarni koʻrib chiqish nazarda tutilgan:

1. Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar;

2. Terrorizm va ekstremizm jinoyatlariga qarshi kurashishda xalqaro va mintaqaviy tajriba;

3. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda Oʻzbekiston tajribasi;

4. Terrorizm va ekstremizmning bugungi kundagi tendensiyalari hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishdagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yoʻllari;

5. Ekstremizmni yoshlar oʻrtasida tarqalishining salbiy oqibatlarini oldini olish;

6. Terrorizm, ekstremizm va axborot xurujlarining namoyon boʻlish shakllari, turlari hamda bunga qarshi kurashish choralari;

7. Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, tyerrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ichki ishlar organlarining roli hamda hamkorlik yoʻnalishlari.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning ichki ishlar organlari faoliyatida terrorizm va ekstremizm jinoyatlariga qarshi kurashish va profilaktikasini amalga oshirishga oid fikr va mulohazalari muhokama qilinadi.

Shu bilan birga “Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ichki ishlar organlarining roli hamda hamkorlik yoʻnalishlari” mavzusidagi Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya materiallarini toʻplam shaklida chop etish belgilangan.

Shu munosabat bilan konferensiya materiallari toʻplamida oʻz maqolalarini chop ettirish istagida boʻlgan professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar oʻzlarining ilmiy maqolalarini 2022-yilning 30-noyabr kuniga qadar elektron koʻrinishda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutiga taqdim etishlari lozim.

Maqola (tezis)larga qoʻyilgan talablar:

materiallar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin;

maqola (tezis)lar A-4 oʻlchovidagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, oʻngdan 2 sm joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi;

maqola nomi 1,5 intervaldan soʻng muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yoziladi, 1 intervaldan keyin muallifning lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda boʻlsa) va E-mail manzili koʻrsatiladi. Soʻngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida 1,15 intervalda va 4-6 betgacha hajmda boʻlishi zarur.

Maqola (tezis)lar konferensiya mavzusi doirasida tayyorlangan, matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan boʻlishi lozim. Chop etilmagan maqola (tezis)lar mualliflarga qaytarilmaydi va qayta koʻrib chiqilmaydi.

Tashkiliy qoʻmita: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi.

Telefon raqamlari: 71-208-09-63, 71-208-11-94, (+99894-608-46-35).

Elektron manzillar: (E-mail: moi@iiv.uz, sh.pulatova.exat.uz., Telegram +99894-608-46-35).

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага