Toshloq tumanida talonchilik sodir qilgan erkak va ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshloq tumani. 2023 yilning 17 mart kuni Toshxovuz mahalla hududida yashovchi S.Sh oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, jinoiy sherigi M.M ismli ayol bilan guruh boʻlib, Shodlik mahalla hududida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasi oldida X.Sh ismli qizni hayoti yoki sogʻligiga xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, sumkasida boʻlgan 242.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati