15 Mart 2023 451

Toshkent viloyati IIBB Kinologiya boʻlimi xizmat itlari yordamida 50 ortiq jinoyatlar fosh etildi

Toshkent viloyati hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda fosh etilishida nafaqat sohaviy xizmat xodimlari balki xizmat itlarining ham alohida oʻrni bor.

Bugungi kunda viloyat IIBB JXX JTSB Kinologiya boʻlimi hisobida mavjud xizmat itlarining 22 tasi iz-qidiruv, 4 tasi portlovchi moddalarni qidirib topish, 18 tasi giyohvand moddalarni qidirib topish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarga biriktirilgan boʻlib, ular maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan holda xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, viloyat hududidagi kriminogen vaziyat va psixotrop moddalarni aniqlashga boʻlgan talabdan kelib chiqib, bir nechta xizmat itlari psixotrop va sintetik moddalarni qidirib topish boʻyicha qayta tayyorlanib, muntazam YPX maskanlariga xizmatga jalb qilindi. Natijada ushbu moddalar bilan bogʻliq holatlarni qayt etish, aniqlash boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi.

Xususan, kinologiya xodimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida xizmat itlari ishtirok etishi lozim boʻlgan jinoyat joylariga xizmat itlari olib chiqilib, ular ishtirokida 32 ta oʻgʻirlik, 21 ta giyohvand moddasi bilan bogʻliq jinoyat fosh etilishiga erishildi. Voqea joyidan 2 279 gr giyohvandlik moddalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага