1 Dekabr 2022 529

Toshkent viloyatida aholi muammolari bilan ishlashning yangi tizimiga oʻtilmoqda

Xabar berilganidek, Oqqoʻrgʻonda Xalq bilan muloqot boʻyicha respublika ishchi guruhining 29 ta mahallarda faoliyati davom etmoqda.

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra, Prezident maslahatchisi Gʻ.Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh, aholi bilan muloqotning yangi tizimi doirasida faoliyatini boshladi.

Bunda Toshkent viloyatining ogʻir hududlaridan biri boʻlgan Oqqoʻrgʻon tumani tajriba sifatida tanlab olingan.

Ishchi guruhi tuman hududini mahallada-mahalla, uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini oʻrganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini koʻrmoqda.

Ushbu jarayonda asosiy eʼtibor — ogʻir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolgʻiz, boquvchisini yoʻqotgan insonlarni qiynayotgan masalalarga shu joyning oʻzida yechim topishga qaratilmoqda.

Shu bilan birga, ijrosi muddat talab qiladigan qator masalalarni kelgusi yil dasturlariga kiritish belgilangan.

Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага