Toshkent viloyatida "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami zoʻr shodiyona va koʻtarinki ruhda kutib olindi
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, viloyat IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripov boshchiligida rahbariyat, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari, erkin yollangan xotin-qizlar va ayol xodimlar ishtirok etdilar.
Bosh boshqarma boshligʻi tadbir ochib berar ekan, viloyat IIO tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni bayram bilan qutlab, tizimda ayol xodimlarning alohida oʻrni borligi taʼkidladi va oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
Tadbirda oʻz xizmat vazifasiga sidqi dildan yondashgan, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh fidoyi ayol xodimlar IIV tomonidan mukofotlandi.
Xususan: “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan, podpolkovnik Fayzxonova Gulnora Ergashevna, mayor Jumanova Bahor Rustamovna.
“II-darajali Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan, podpolkovnik Masadikova Muhayyo Negmatovna, podpolkovnik Mirhayitova Feruza Bahodirovna, katta serjant Andazbayeva Matluba Pirnazarovna, kichik serjant Turgʻunova Shahnoza Ubaydullayevna, kichik serjant Yuldasheva Umida Sultonqulovna.
“III-darajali Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan, kichik serjant Sulaymonova Nargiza Pardaboyevna, safdor Azimbayeva Dilmira Nurlanovna, safdor Achilova Dilorom Yusupovna.
“IIV Faxriy yorligʻi” bilan, safdor Sautova Umit Kuatbekovna, safdor Tashova Feruza Yursinbayevna, Miraximova Adolat Alimjanovna,
“Esdalik qoʻl soati” bilan, kapitan Ishanxodjayeva Feruza Sagdulla qizi,
Muddatidan oldin “kapitan” maxsus unvoni bilan, katta leytenant Qurbonboyeva Maftuna Baxtiyorovna.
Bundan tashqari, oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashganliklari uchun 325 nafar ayol xodim pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilgan boʻlsa, 4 nafar xodimning ilgari berilgan “intizomiy jazo”si muddatidan oldin olingani eʼlon qilindi.
Tadbirning badiiy qismida el ardogʻidagi sanʼatkorlar, xizmat koʻrsatgan artist va IIV madaniyat boshqarmasining vakillari ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga yanada koʻtaringki kayfiyat ulashishdi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati