13 Avgust 2022 627

Toshkent tumanida YPX inspektori toʻxtatgan “Spark” avtoulovida giyohvand modda borligi aniqlandi

Joriy yilning 10-avgust kuni soat 17:00 larda Toshkent tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori R.Matkarimov tomonidan tekshirish maqsadida “Spark” rusumli transport vositasini toʻxtatib tekshirganda, ushbu avtoulovning yoʻlovchilari YPX inspektorida shubha uygʻotadi.

Shundan soʻng, avtoulov va undagi yoʻlovchilar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yoʻlovchi 1989-yilda tugʻilgan Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi Q.S oldidan 1 dona sellofan paket boʻlagiga oʻralgan, dumaloq shakldagi, qora rangli, saqichsimon, oʻtkir hidli, «gashish» giyohvand moddasiga oʻxshash modda borligi aniqlanadi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, S. ushbu giyohvand modda oʻzining sharʼiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi, “Spark” avtoulovida yoʻlovchi boʻlgan Angren shahrida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan M.Mga tegishli ekanligini maʼlum qilgan.

Olingan ashyoviy dalillar va fuqarolar Toshkent tumani IIBga topshirildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага