30 Yanvar 2023 455

Toshkent shahrida noqonuniy valyuta sotish bilan shugʻullangan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD JQX Giyohvandlik va psixotrop moddalarni noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotga asosan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi Tezkor boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda 2023-yilning 25-yanvar kuni Toshkent shahri Bektemir tumanida tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazildi.

Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida 1993-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan shaxs, 1977-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan fuqaroga “qorabozor” kursida har 1 AQSH dollarini 11.400 soʻmdan hisoblab, 10.000 AQSH dollarini 114.000.000 soʻmga sotayotgan paytida ushlandi.

Hozirgi kunda Departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi surishtiruv boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD Jinoyat qidiruv xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага