Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan yordam haqida
Karantin tartibi sharoitida ba'zi fuqarolarimiz qiyin sharoitda qolib, yordam va ko'makka muhtoj bo'lib qolishdi. Toshkent shahar IIBB ularga yordam berishga harakat qilmoqda. SHu maqsadda IIBB tomonidan “issiq tarmoq” tashkil etildi. Har kuni “issiq tarmoq” telefonlariga o'nlab murojaatlar kelib tushadi. Kimdir zudlik bilan shifoxonaga etib olishi kerak, boshqa birovning farzandi qarindoshinikida qolib ketgan, yana kimdir keksa yoshdagi ota-onasidan xavotirda... Toshkent shahar IIBB xodimlari “issiq tarmoq” orqali kelib tushayotgan murojaatlar bo'yicha tegishli choralar ko'rib, yordam shoshadilar.
“Boba Timuriy” ismli foydalanuvchi IIBBga yordam so'rab murojaat qildi. Uning qizi oilasi bilan karantindan avval qarindoshlarinikiga mehmonga borib, qaytib kelolmayaptilar. IIBB xodimlari ushbu murojaatni e'tiborsiz qoldirmadilar va murojaatchining oilasini YUnusobod tumanidan Sergeli tumaniga olib keldilar.
SHaxina I. Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga qaytishda yordam so'radi. Karantin boshida u ota-onasiga yordam berishga jo'nagan edi. Ammo shahardagi zarur ishlar tufayli rejalari o'zgarib qoldi. Xodimlar ushbu murojaat bo'yicha ham chora ko'rdilar.
YAqinda Aleksandra K. tibbiyot muassasasidan uyga qaytishda yordam so'radi. IIBB vakillari uni uyiga etkazib qo'yishdi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati