Toshkent shahar IIBB EKB xodimlari tomonidan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda
Yaqinda Toshkent shahar IIBB EKB mutaxassislari tomonidan shahar prokuraturasi xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ekspert kriminalistika markazi xodimlari markaz va uning hududiy bo‘linmalari faoliyati, sud ekspertizasi xizmatining zamonaviy imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi, tezkor tergov guruhlari tarkibidagi ekspertlar faoliyatiga bag‘ishlangan dars o‘tkazildi. Prokurorlar eʼtiboriga sud-tibbiyot ekspertlari tomonidan jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida qo‘llaniladigan turli turdagi asbob-uskunalar, moslamalar, jihozlar, materiallar va moddalar taqdim etildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga voqea joyini o‘rganish hamda birlamchi tadqiqot turlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng yangi jihozlar bilan jihozlangan ko‘chma sud-tibbiyot laboratoriyasi taqdim etildi.
Bunday o‘quv seminarlari sud ekspertizasi usullari va yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati