25 Noyabr 2022 1112

Toshkent shahar IIBB boshligʻining sayyor qabulida fuqarolarning bir qator masalalari hal etildi

Aholini qiynayotgan muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida, Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan joylarda muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Kuni kecha poytaxt IIBB boshligʻi Yangihayot tumanida ham navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi.

Tadbirda tuman hokimi Xayot Inagamov, barcha sektor rahbarlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 

Jumladan, murojaatlarning 45 tasi kontrakt pullarini toʻlashda amaliy yordam koʻrsatilishiga, 6 tasi moddiy yordam, 1 tasi kredit olish, 11 tasi sogʻliqni saqlash masalalarga oid boʻldi.

Tadbirda 22 ta murojaat joyida hal etilib, 9 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 15 tasi qoʻshimcha oʻrganish uchun yuborildi. 

Shuningdek, qabulda 4 nafar fuqaro “temir daftar” roʻyxatiga kiritilib, 5 nafar talabaga kontrakt pullarini toʻlashda, 6 nafar fuqaroga esa zarur dori-darmonlarni xarid qilishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Bu kabi uchrashuvlar shaharning barcha tumanlarida oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага