26 Iyul 2022 1132

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan oʻtkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Dunyoning yangi geosiyosiy muammolari” mavzusiga bagʻishlandi. Tadbirda Oʻzbekiston milliy universiteti vakili Jaxongir Akramov maʼruza qildi. 

U oʻz maʼruzasida, geosiyosat - siyosiy tafakkurning yoʻnalishi, hududni nazorat qilish tushunchasi, turli davlatlar va davlatlararo birlashmalarning taʼsir doiralarini taqsimlash, shuningdek qayta taqsimlash qonuniyatlari ekanligini, hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatida oʻziga xos oʻrin tutishini, mustaqil davlat sifatida xalqaro aloqalarni oʻrnatishi hamda yanada rivojlantirish uchun strategik imkoniyatlarga ega ekanligini taʼkidlab oʻtdi. 

Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага