17 May 2022 1292

Toshkent davlat yuridik universitetida IIV vakillari ishtirokida vazirlik tizimiga boʻsh ish oʻrinlariga ishga olish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi

Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Farid Abdiyev, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Burxon Davirov, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi Kadrlar boʻlimi boshligʻi mayor Otabek Valixonov, TDYU talabalarga xizmat koʻrsatish markazi direktori Sardor Mamanazarov, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari Davron Mamasobirov, talaba va magistrantlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ichki ishlar organlari tizimdagi boʻsh ish oʻrinlari, ularning vazifa va funksiyalari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash departamenti vakillari va universitet Talabalarga xizmat koʻrsatish markazi masʼul xodimlari talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага