13 Dekabr 2022 657

Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX binosida masʼul xodimlar hamda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Asosiy masalalar sifatida: yoʻllarda inson salomatligini asrashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va texnologiyalardan foydalanish, avtomatik tarzda onlayn ishlovchi qurilmalarning tahlili, dasturiy taʼminotlarning mukammalligini oshirish boʻyicha mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar YHXX binosida tashkil etilgan ilmiy markazdagi maxsus jihozlangan xonalar hamda Multimedia markazi bilan tanishdilar. Kelgusida yoʻllardagi xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan har ikki tomon ham oʻz fikr va takliflarini bildirib, oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishilib olindi.

Xalqaro hamkorlik borasidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага