17 Iyul 2022 1335

Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi

Tojikiston Respublikasi IIV Militsiya faoliyatini isloh qilish boʻyicha milliy koordinatori, militsiya polkovnigi Xamdamzoda Valixon Xamdam boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida boʻlishdi.

Mehmonlarni Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari — Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ulugʻbek Agzamxodjaev kutib oldi. Delegatsiya rahbari va aʼzolariga Toshkent huquqni muhofaza qilish idorasining tuzilmasi va asosiy vazifalari, islohot va istiqboldagi rejalar haqida qisqacha soʻzlab berildi.

Soʻng mehmonlar Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi va “Shon-sharaf” muzeyi bilan tanishib chiqishdi. Delegatsiya aʼzolariga Axborot multimedia markazi faoliyati haqida soʻzlab berildi. “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif davomida mehmonlar eʼtiboriga havola qilingan respublika ichki ishlar organlari shakllanishining turli bosqichlarida ishlatilgan forma-kiyimlari, avto va mototransport, maxsus vosita va qurollar ekspozitsiyalari ularda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, mehmonlar Chilonzor tumani IIO FMB 2-son IIBga qarashli Uchtepa huquq tartibot markazi faoliyati bilan ham tanishdilar. 2022-yilda eʼlon qilingan “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da tashkil etilgan mazkur huquq tartibot maskani hududdagi bir necha mahalla fuqarolari uchun qulay joylashuvi hamda u yerda yaratilgan sharoitlardan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish – ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy mezoni” ekanligi tashrif buyuruvchilar tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Tashrifning ikkinchi kuni mehmonlar Bosh boshqarma PPXvaJTSB faoliyati va bu borada olib borilayotgan islohotlar bilan tanishishdi.

Hozirda Tojikiston Respublikasi IIV delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага