13 Dekabr 2022 738

Tinglovchilarning salomatligi doimiy nazoratda

Avval xabar berganimizdek Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida IIV Malaka oshirish instituti tomonidan ichki ishlar organlarining ofitserlik hamda safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslari tashkil etildi.

Oʻquv kursining dastlabki kunlaridayoq tinglovchilar bilan tana koʻrigi, antropometrik tekshiruvlar, umumiy tibbiy nazorat IIV Malaka oshirish instituti Tibbiyot boʻlimining malakali xodimlari tomonidan doimiy ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Shuningdek IIV Tibbiyot boshqarmasi sanitariya epidemiologiya nazorati laboratoriyasi mutaxassislari turli xil yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, gigiyena normativlariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish bilan birgalikda dezinfeksiya ishlari ham muntazam oʻtkazilmoqda.

IIV Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi, leytenant Sodiq Xakimov

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага