27 Noyabr 2022 716

Tibbiyot xodimlari taqdirlandi

Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʻlimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ishtirok etib, salomatlik posbonlarini kasb bayrami bilan qutladi.

Muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligining soha xodimlariga koʻrsatayotgan ehtirom va eʼzoz, eʼtibor alohida eʼtirof etildi.

Tadbirda koʻp yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga, ichki ishlar organlari xodimlari salomatligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-ehtirom bilan tilga olinib, fidoyi shifokorlarining bir guruhi boshqarma rahbariyatining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага